
Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda Angliya terma jamoasi Panama milliy termasi bilan to‘qnash keldi. Britanliklar 2:0 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Ushbu uchrashuvda yarim himoyachi Jordan Xenderson zaxiradan maydonga tushdi. 36 yoshli xavbek Angliya terma jamoasi tarixida to‘rtta mundialda ishtirok etgan ilk futbolchiga aylandi. Uning hisobida Jahon chempionatlaridagi 12 ta bahs mavjud bo‘lib, ularda bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Tomas Tuxel shogirdlari yetti ochko jamg‘arib, o‘z guruhlarida birinchi o‘rin bilan marraga yetib kelishdi. Jahon chempionati pley-off bosqichining ilk raundida inglizlar terma jamoasiga Kongo DR milliy terma jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu o‘yin 1 iyul kuniga rejalashtirilgan.