Portugaliya bosh murabbiyi JCH-2026 pley-offidagi Xorvatiyaga qarshi o‘yin haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 13:33
  • 329
  • 30

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Jahon chempionatining 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Portugaliyaliklar Kolumbiya bilan durang (0:0) o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rinni egallashdi. Xorvatlar ham o‘z kvartetlarida Angliyadan keyingi ikkinchi pog‘onadan joy olishdi.

«Biz 1/16 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik, endi esa Xorvatiyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ular Yevropadagi o‘zimiz yaxshi taniydigan raqib hisoblanadi. Maqsadimiz o‘zgarishsiz qolmoqda — har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Vazifalar ham, jarayon ham o‘zgarmaydi. Hozir biz bor e’tiborimizni tiklanishga qaratganmiz», — dedi Martines matbuot anjumanida.

Portugaliya — Xorvatiya to‘qnashuvi 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar