Messi Ronalduning rekordiga yaqinlashdi — 22 ta gol qoldi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 13:33
  • 41
  • 30

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turi doirasida Argentina terma jamoasi Iordaniya termasi bilan to‘qnash keldi. Janubiy Amerika vakillari 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

39 yoshli hujumchi Lionel Messi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi va raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gol tajribali forvard uchun milliy terma jamoa safidagi 123-gol bo‘ldi. U terma jamoa libosida 202 ta o‘yin o‘tkazdi.

Milliy terma jamoalar darajasidagi eng yaxshi to‘purar portugaliyalik Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 41 yoshli bombardir 230 ta uchrashuvda maydonga tushib, 145 ta gol urgan.

Jahon chempionatining 1/16 finalida Argentina terma jamoasi Kabo-Verdega qarshi o‘ynasa, Portugaliyaga Xorvatiya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar