Pas Messi haqida: «Bu shunchaki telbalik»

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 13:22
  • 304
  • 30

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolas Pas jamoadoshi Lionel Messi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Komo» klubining 21 yoshli futbolchisi Jahon chempionatida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi — u Iordaniyaga qarshi bahsning (3:1) 60-daqiqasigacha harakat qildi. Aynan o‘sha daqiqada maydonda Messi paydo bo‘ldi va oradan 20 daqiqa o‘tib, raqib darvozasini ishg‘ol qilgan holda uchrashuvning yakuniy hisobini o‘rnatdi.

«Bu shunchaki telbalik. Yoshi nechida bo‘lishidan qat’i nazar, u bizni kundan-kunga hayratda qoldirishda davom etmoqda. Har bir o‘yinda u jamoa uchun qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib beryapti va bu aql bovar qilmaydigan darajada. Leo mana shunday ruhda davom etadi deb umid qilaman», — deya Pasning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Lionel Messi 6 ta gol bilan JCH-2026 to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchilaridan ikkita golga oldinda bormoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar