
Kolumbiya terma jamoasi Jahon chempionatlari tarixida ilk bor uchrashuvni 0:0 hisobidagi durang bilan yakunladi. Bu voqea jamoaning dunyo birinchiliklaridagi 25-o‘yinida sodir bo‘ldi.
Kolumbiya Krishtianu Ronaldusi bor Portugaliya darvozasiga yo‘l topa olmadi, biroq o‘z darvozasi daxlsizligini ham saqlab qoldi. Natijada, kolumbiyaliklar 7 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallagan holda 1/16 finalga yo‘l olishdi.
Pley-offda Nestor Lorenso shogirdlari Angliya va Xorvatiya joy olgan guruhda uchinchi o‘rinni band etgan Gana terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.