Messi Jahon chempionatida Pele, Bekxem va yana uch nafar futbolchining yutug‘ini takrorladi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 13:22
  • 23
  • 30

Lionel Messi Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichidan o‘rin olgan Argentina va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda (3:1) jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

39 yoshli hujumchi 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushganidan 20 daqiqa o‘tib, ya’ni 80-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi va uchrashuvning yakuniy hisobini o‘rnatdi. Opta statistik portali ma’lumotlariga ko‘ra, Messi Jahon chempionatlari tarixida (statistika 1966 yildan buyon yuritiladi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarima zarbasidan ikki bor gol urgan dunyodagi atigi oltinchi futbolchiga aylandi. Lionel o‘zining bu boradagi ilk golini 2014 yilgi mundialda Nigeriya terma jamoasi bilan bahsda kiritgan edi.

Bungacha Jahon chempionatlarida jarima zarbasidan bir martadan ko‘p gol urish faqat braziliyalik Pele va Rivelino, perulik Teofilo Kubilyas, fransiyalik Bernar Jengini hamda angliyalik Devid Bekxemga nasib etgan edi. Hozirgacha hech kim JCHlarda jarimadan uchta gol ura olmagan — Messida mutlaq rekordchiga aylanish uchun yaxshi imkoniyat bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar