Zidan Mbappe va Dembele haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 28.06.2026 13:11
  • 437
  • 30

Madridning «Real» va Turinning «Yuventus» klublari sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasining ikki yulduz hujumchisi — Usmon Dembele va Kilian Mbappe haqida gapirdi.

«Ikki butunlay boshqacha futbolchi. Usmon kamtarroq, u doimo murabbiyga quloq soladi. Himoyada mehnat qiladi, sheriklariga yordam beradi. Mbappe esa tajovuzkorroq (agressiv) o‘yinchi. Kilian bir necha soniya ichida o‘yin borishini o‘zgartirib yuborishga qodir. Ularning ikkalasi ham o‘ziga xos futbolchilar: biri jamoani kuchliroq qiladi, ikkinchisi esa bir soniyada tarixni o‘zgartira oladi», — deya «Zizu»ning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlardagi Motivaciones Futbol akkaunti keltirmoqda.

Jahon chempionati — 2026ning 1/16 finalida Fransiya Shvesiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar