
Vlaxovichning transferini bepul rasmiylashtirish mumkinligi "Barselona"ni o'ziga jalb qilmoqda, chunki serb yozda "Yuventus"ni erkin agent sifatida tark etadi. Vlaxovich ikki shart bilan Ispaniya klubiga o'tish variantini ko'rib chiqishga tayyor. Hujumchi 15 million evro miqdorida bonus va yiliga 8 million evro maosh olmoqchi.
Vlaxovich o'tgan mavsumda "Yuventus" safida A Seriya va Chempionlar ligasida 23 ta o'yin o'tkazdi. Serbiyalik hujumchi 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.