
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin FIFAning jonli reytingida darhol o‘n pog‘onaga pastladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra 50-o‘rindan 60-o‘ringa tushib ketdi. Uchta ketma-ket mag‘lubiyat natijasida O‘zbekiston terma jamoasi jami 49,20 reyting ochkosini yo‘qotdi va hozirda uning hisobida 1409,73 ochko mavjud.
O‘zbekiston JCH-2026ning K guruhida Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo DRga (1:3) mag‘lub bo‘ldi.