Mavsumni "Andijon"da boshlagan yarim himoyachi klubini o'zgartirdi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 23:08
  • 1031
  • 30

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi transfer bozoridagi faolligini susaytirmayapti.

Tarkibni kuchaytirish ishlarini jadallik bilan olib borayotgan jizzaxliklar safiga yana bir tanish chehra qo'shildi. Jamoaning Tojikistonda davom etayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inida tajribali yarim himoyachi Jamshid Boltaboev ham ishtirok etmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi faoliyatini katta ehtimol bilan yana "So'g'diyona"da davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, Boltaboev Jizzax klubi uchun begona emas - u 2019–2021 yillar davomida "bo'rilar" sharafini munosib himoya qilgan. Futbolchi joriy mavsumning birinchi yarmini "Andijon" libosida o'tkazib, Superliga doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi. Endilikda u sobiq jamoasi safida yana yashil maydonga tushishga yaqin turibdi.

photo_2026-06-27_22-33-27.jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar