"So'g'diyona" sobiq darvozabonini ortga qaytardi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 22:40
  • 1199
  • 30

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi ayni kunlarda Tojikistonda mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda.

Tarkibni shakllantirish jarayonini davom ettirayotgan klub mashg'ulotlarida bir qator sobiq o'yinchilar mashg'ulotlarda qatnashmoqda.

Transfer oynasidagi eng e'tiborli yangiliklardan biri - jizzaxlik muxlislarning sevimli darvozaboni Milan Mitrovichning yana jamoaga qaytishi bo'ldi. 2018–2025 yillar davomida "So'g'diyona" darvozasini ishonchli qo'riqlagan serbiyalik legioner, o'zbek futbolini qisqa muddatga tark etib, o'z vatanining "Dubochica" klubida faoliyat yuritgan edi.

Tajribali posbon erkin yana qadrdon jamoasi ixtiyoriga qaytdi va allaqachon Tojikistondagi yig'inga qo'shildi.

photo_2026-06-27_22-33-38.jpg

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar