
Madrid klubi prezidenti Florentino Peres braziliyalikka avvalgi 20 million evro o'rniga yiliga 25 million evro taklif qilishga tayyor. Shu tariqa, "qaymoqlilar" futbolchi bilan uzoq muddatli hamkorlikni taminlashga intilmoqda. Vinisiusning Madrid klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi o'tgan mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 53 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer narxi 140 million evroni tashkil etadi.