
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan o‘yinda Belgiya terma jamoasi Yangi Zelandiya jamoasi bilan to‘qnash keldi. Yevropaliklar 5:1 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvda yarim himoyachi Kevin De Bryuyne ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 34 yoshli xavbek Jahon chempionatlarida gol urgan Belgiya terma jamoasining eng yoshi katta futbolchisiga aylandi. Avvalgi rekord 1990 yilgi mundialda 33 yoshida gol kiritgan Ley Kleystersga tegishli edi.
Belgiya terma jamoasi besh ochko jamg‘arib, o‘z kvartetida birinchi o‘rinni egalladi. Rudi Garsiya shogirdlari 2026 yilgi Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l olishdi.