Roberto Martines Krishtianu Ronalduning ahamiyati haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 12:22
  • 37
  • 30

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCH-2026 doirasidagi Kolumbiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida kiyinish xonasidagi muhit haqidagi savolga javob berdi.

— G‘alaba guruhda birinchi o‘rinni ta’minlashini hisobga olsak, kiyinish xonasidagi muhitni qanday baholaysiz?

«Kiyinish xonasida juda yaxshi emosional muvozanat hukm surmoqda.

Mas’uliyat va umidlar tuyg‘usi bor, ammo shu bilan birga, erishmoqchi bo‘lgan maqsadlarimizga nisbatan ishonch va diqqat-e’tibor ham yuqori. Bu emosional muvozanat juda muhim.

Oltita Jahon chempionatida qatnashish tajribasiga ega sardorning (Krishtianu Ronaldu) borligi juda katta yordam bermoqda.

Ammo bizda «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Portu» va «Al-Hilol»dan ham sardorlar guruhi mavjud. Bizda juda yaxshi yetakchilar guruhi shakllangan», — dedi Roberto Martines.

Portugaliya 4 ochko bilan «K» guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kolumbiya 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar