Desham 27 iyun kuni Fransiya terma jamoasiga qaytadi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 10:44
  • 46
  • 30

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 27 iyun kuni milliy jamoa ixtiyoriga qaytadi. Bu haqda uning yordamchisi Gi Stefan ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, «uchranglilar» ustozi onasining vafoti haqidagi xabardan so‘ng zudlik bilan vataniga uchib ketishga majbur bo‘lgan edi. Guruh bosqichining Norvegiyaga qarshi so‘nggi uchrashuvida jamoani Stefan boshqardi.

«Avvalambor, barcha xayolimiz Didye bilan, biz uning qaytishini intiqlik bilan kutyapmiz va ertaga u mashg‘ulotlarda biz bilan birga bo‘ladi», - dedi Stefan jurnalistlarga.

Kuni kecha fransuzlar norvegiyaliklarni 4:1 hisobida tor-mor keltirishdi va guruhda birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olishdi. Desham shogirdlarining 1/16 finaldagi raqibi Shvesiya jamoasi bo‘ldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar