JCH-2026. Misr terma jamoasi 1/16 final bosqichidagi raqibini bilib oldi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 10:44
  • 138
  • 30

2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 finalida Misr terma jamoasining raqibi aniq bo‘ldi. Jamoa Avstraliya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Uchrashuv 3 iyul, juma kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Misr terma jamoasi Belgiya, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari joy olgan guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Misrliklar 5 ochko jamg‘arishdi, biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra Belgiyaga birinchi o‘rinni boy berishdi.

Avstraliya esa, o‘z navbatida, AQSH, Paragvay va Turkiya terma jamoalari raqiblik qilgan o‘z guruhida ikkinchi bo‘lib marraga erishdi. Avstraliya jamoasi 4 ochko to‘plab, pley-offga ishonchli tarzda yo‘l oldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar