Trossar Yangi Zelandiya — Belgiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 10:55
  • 1191
  • 30

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Belgiya terma jamoasi Yangi Zelandiya milliy jamoasi ustidan 5:1 hisobida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

FIFA matbuot xizmati yakunlangan o‘yinning eng yaxshi futbolchisini ma’lum qildi. Individual sovringa hujumkor yarim himoyachi Leandro Trossard loyiq ko‘rildi. O‘tgan uchrashuvda belgiyalik vinger ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Belgiya terma jamoasi besh ochko jamg‘arib, o‘z guruhida birinchi o‘rin bilan marraga erishdi. Rudi Garsiya shogirdlari navbatdagi uchrashuvni mundialning 1/16 final bosqichida o‘tkazishadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar