JCH-2026. Norvegiya 1/16 finalida kimga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 10:33
  • 151
  • 30

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng, Norvegiya terma jamoasining 1/16 finaldagi raqibi aniq bo‘ldi. Jamoa Kot-d’Ivuar terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv 30 iyun, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Norvegiya terma jamoasi Fransiya, Senegal va Iroq terma jamoalari ham joy olgan «I» guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. Norvegiyaliklar olti ochko jamg‘arishdi.

Kot-d’Ivuar esa, o‘z navbatida, Germaniya, Ekvador va Kyurasao terma jamoalari raqiblik qilgan «E» guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Afrika jamoasi 6 ochko to‘plab, pley-off bosqichiga ishonchli tarzda yo‘l oldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar