JCH-2026. Fransiya terma jamoasi 1/16 finalidagi raqibini bilib oldi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 10:33
  • 30
  • 30

Jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng, Fransiya terma jamoasining 1/16 finaldagi raqibi aniq bo‘ldi. Jamoa Shvesiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv 1 iyul, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.

Fransiya terma jamoasi 9 ochko jamg‘arib, «I» guruhida birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Fransuzlar guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarda ishonchli g‘alaba qozonib, Norvegiya, Senegal va Iroq terma jamoalarini ortda qoldirishdi.

Shvesiya esa, o‘z navbatida, Niderlandiya, Yaponiya va Tunis terma jamoalari ham joy olgan «F» guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. Shvedlar 4 ochko to‘plashdi va bu ko‘rsatkich eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar qatorida pley-offga chiqish uchun kifoya qildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar