Ispaniya JCH pley-offi oldidan ikki futbolchisini yo‘qotdi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 10:33
  • 19
  • 30

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan o‘yinda Ispaniya terma jamoasi Urugvay milliy terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida minimal g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Marca gazetasining xabar berishicha, final hushtagidan so‘ng «qizil furiya»ning ikki futbolchisida muammolar borligi ma’lum bo‘lgan. O‘tgan uchrashuvda yarim himoyachilar Niko Uilyams va Yeremi Pino jarohat olishgan.

«Biz ularni kuzatib boramiz. Nikoda noqulaylik bor. Bu mushak jarohati yoki charchoq tufayli bo‘lishi mumkin», - dedi jamoa ustozi Luis de la Fuente.

Ispaniya terma jamoasi guruhda birinchi o‘rinni egalladi va mundialning 1/16 finaliga yo‘l oldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar