
Kabo-Verde terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida tarixiy muvaffaqiyatga erishib, o‘z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Jamoa guruh bosqichini 3 ochko bilan yakunladi va barcha uchta o‘yinda durang qayd etdi. Ushbu natija guruhda ikkinchi o‘rinni egallash va 1/16 finalga chiqish uchun kifoya qildi.
Squawka xabariga ko‘ra, Kabo-Verde XXI asrda Jahon chempionatida birorta ham g‘alaba qozonmasdan guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan yagona terma jamoaga aylandi. Shuningdek, bu turnirning eng kam aholiga ega ishtirokchi davlatlaridan biri ekanligi qayd etilgan — mamlakat aholisi taxminan 530 ming kishini tashkil qiladi. Bu pley-off bosqichiga yo‘llanma olgan terma jamoalar o‘rtasidagi rekord darajadagi eng past ko‘rsatkichdir.