
JCH-2026. “G” guruhi, 3-tur
Misr - Eron 1:1
“Lyumen Fild”, Sietl
Bosh hakam: Shimon Marchinyak (Polsha)
Gol: Mahmud Sobir 4, 1:0, Ramin Rizoyan 14, 1:1
Misr: 23. Shobeir, 3. Xani, 6. Abdelmonem (Yasser Ibrahim,14) 5. Rabia, 13. Fatuh, 21. Sobir (Marvan Attia, 46) 17. Lashin, 11. Ziko (Hamza Abdulkarim, 76), 10. Salah (Zizo, 57), 8. Ashur (Omar Marmush, 46) 7. Trezege.
Eron: 1. Beyranvand, 5. Muhammadi, 19. Nemati (Solih Hardani, 46) 4. Xalilzoda, 13. Kanaani, 23. Rizoyan, 6. Izzatullohi, 21. Gorbani, 14. G'oddos (Shaxriyor Mo'g'anlu, 67) 8. Mohebi (, Alirizo Jahonbahsh, 90), 9. Taremi.
Ogohlantirish: Xussayn Kannani (Eron) 19, Mahmud Sobir (Misr) 20, Yasser Ibrahim (Misr) 42, Ali Nemati (Eron) 43, Said Izzatullohi (Eron) 79, Mohanad Lashin (Misr) 90+2
Uchrashuv yakunlandi. Misr keyingi bosqichda.
90+7. ZARBA. Izzatullohining zarbasi darvozaga kirishiga biroz yetmadi.
90+5. Gol bekor qilindi, VAR o'yindan tashqari holat qayd etdi.
90. GOL. Eron oxirgi daqiqalarda Misr darvozasini ishg'ol qildi. Ana, xolos. Mana buni o'yin deydilar, 2:1 forslar oldinga chiqib oldi. Shojai Halilzoda gol muallifi. VAR vaziyatga aralashadi.
90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.
90. O'ZGARISH. Eron, Muhammad Mohebi o'rniga Alirizo Jahonbaxsh maydonga tushdi.
88. UUX. Eron oxirgi daqiqalarda ikkinchi qavatda qulay imkoniyatga ega bo'lgandi. Darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatilgan ekan.
86. O'yin tobora durangga qarab ketmoqda.
79. OGOHLANTIRISH. Said Izzatullohi, Eron
76. O'ZGARISH. Misr, Ziko o'rniga 18 yoshli Hamza Abdulkarim tushdi.
75. Endi Eron oldinga o'tmoqda. Lekin Misr ham bo'sh kelmayapti.
73. O'yinda temp tenglashdi.
67. O'ZGARISH. Eron, Saman G'oddos o'rniga Shaxriyor Mo'g'anlu tushdi.
63. UUX. Misr Eron jarima maydonchasi ichida keskinlik yaratdi.
58. Parallel o'yinda Belgiya Yangi Zelandiyani 2:0 hisobida mag'lub etmoqda.
57. O'ZGARISH. Misr, Muhammad Salah o'rniga Zizo maydonga tushdi.
53. Trezegening zarbasi yo'liga Hadani g'ov bo'ldi. Misr yana dastlabki daqiqalarda ustunlik qilyapti.
50. ZARBA. Trezegening urinishi foydasiz bo'lib chiqdi.
46. O'ZGARISH. Misr, Ashur o'rniga Marmush, Sobir o'rniga Attia tushdi.
46. O'ZGARISH. Eron, Ali Nemati o'rniga Solih Hardani tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!
45. ZARBA. Autdan to'pni kombinaciya uslubida ichkariga etkazib berildi, Halilzodaning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
43. OGOHLANTIRISH. Ali Nemati, Eron
38. Misrliklar to'pni nazorat qilishga urinyapti.
33. ZARBA. Ramin Rizoyanning zarbasi yuqoriga ketdi.
30. ZARBA. Mahmud Hasanning kuchli zarbasini Beyranvand ushlab oldi.
26. O'yin davom etadi.
25. Suv ichib olish uchun tanaffus.
20. OGOHLANTIRISH. Maxmud Sobir, Misr
19. OGOHLANTIRISH. Xussayn Kannani, Eron
14. O'ZGARISH. Misr, Muhammad Abdelmonen o'rniga Yasser Ibrahim tushdi. Ibrahim jarohat olgan edi.
14. GOL. Mana sizga o'yin, ana sizga o'yin. Eron penaltidan bo'lmasa o'yindan gol uryapti. Ramin Rizoyan o'yinda hisobni tenglashtirdi. Darvozabon qaytargan to'pga shay bo'lgan Rizoyan gol urdi, 1:1
10. YO'Q. Mehdi Taremi penaltidan gol ura olmadi. Dastlabki 10 daqiqalik shunchaki zo'r o'tyapti.
9. PENALTI. Eron terma jamoasi 11 metrlik nuqtadan tepadi. Marchinyak nuqtaga ishora qildi.
4. GOL. Misr uchrashuvda tezkor gol urdi. Jarima maydonchasi ichidagi tartibsizlikdan Mahmud Sobir foydalanib ketdi. U Beyronvandning oyoqlari ostidan to'pni darvozaga yo'lladi.
2. Ilk daqiqalardan ustunlik Misr tomonida. Tezkor paslar bilan oldinga yuryapti.
O'yinga start berildi.
Ikki davlat madhiyalari yangradi. O'yinga barcha narsa tayyor.
Jamoalar maydonga chiqib keldi.