Argentina bosh murabbiyi Iordaniyaga qarshi JCH o'yinida Messi asosiy tarkibda maydonga tushmasligiga shama qildi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 09:16
  • 688
  • 30

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni milliy jamoa sardori Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Iordaniyaga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushmasligini e'lon qildi.

O'yin oldidan jurnalistlar bilan uchrashuvda Skaloni 39 yoshli hujumchi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlashini ta'kidladi.

"Ertaga maydonga tushadiganlar bu huquqqa loyiqdirlar. Ular jamoaning va bizning umumiy jarayonimizning bir qismidir. Erishgan yutuqlarimizning salmoqli qismi aynan mana shu futbolchilarning xizmatidir. Ular asosiy tarkibga kirmay qolganlarida, ertasi kuni mashg'ulotga birinchi bo'lib yetib kelishadi. Imkoniyat bo'lishi bilan ularga o'yin vaqti taqdim etaman. Nafaqat ular o'ynamayotganliklari uchun, balki bunga loyiq bo'lganliklari uchun ham. Ular ajoyib futbolchilar", - deya Skalonining so'zlarini keltiradi "Ole" nashri.

Hozirgi vaqtda Messi beshta gol bilan dunyo birinchiligining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar