Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor JCH guruh bosqichida birorta ham gol o‘tkazib yubormadi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 07:55
  • 17
  • 30

Ispaniya terma jamoasi guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra yetti ochko jamg‘arib, JCH-2026ning 1/16 finaliga ishonchli tarzda yo‘l oldi. So‘nggi turda Luis de la Fuente shogirdlari birinchi bo‘lim oxirida Aleks Baena tomonidan kiritilgan gol evaziga Urugvayni minimal hisobda mag‘lub etishdi. Bundan avval ispanlar Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga (4:0) erishishgan va Kabo-Verde bilan durang (0:0) o‘ynashgan edi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu Ispaniya o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatining guruh bosqichini darvozasi daxlsizligini saqlagan holda (birorta ham gol o‘tkazib yubormasdan) yakunlashidir.

Mundial pley-off bosqichining ilk raundida amaldagi Yevropa chempionlarining raqibi «J» kvartetida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa — yo Avstriya, yoki Jazoir bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar