
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Urugvayga qarshi kechgan g‘alabali o‘yin (1:0) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugungi o‘yin juda qiyin o‘tdi. Urugvayning pressingi ishimizni qiyinlashtirdi – ketma-ket uchta aniq uzatmani ham amalga oshira olmadik. Himoyada ham oson bo‘lmadi», – deya de la Fuentening so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Ispaniya terma jamoasi 7 ochko jamg‘arib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Kabo-Verdega (3) nasib etdi, Urugvay va Saudiya Arabistoni (2 tadan ochko) esa turnir bilan xayrlashdi.