Kabo-Verde terma jamoasi guruhda birorta ham g‘alaba qozonmay pley-offga chiqdi – JCHda 28 yildan beri bunday holat kuzatilmagandi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 08:44
  • 798
  • 30

Kabo-Verde terma jamoasi sensasion tarzda guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi va Jahon chempionatining 1/16 finaliga yo‘l oldi.

So‘nggi tur bahsida kabo-verdeliklar Saudiya Arabistoni bilan golsiz durang o‘ynashdi, bundan avval esa Urugvay (2:2) va Ispaniya (0:0) bilan ochko bo‘lishishgandi. Bu natija pley-offga chiqish uchun kifoya qildi.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, Kabo-Verde Jahon chempionatida birorta ham g‘alabasiz guruhdan chiqqan 28 yil ichidagi ilk terma jamoadir. JCH-1998 musobaqasida Chili ham xuddi shunday uchta durang bilan buni uddalagan edi.

E’tiborli jihati, Kabo-Verde JCH-2010 yilgi Slovakiyadan keyin pley-offga chiqqan ilk mundial debyutanti bo‘ldi.

1/16 finalda Afrika vakillari amaldagi chempion – Argentinaga qarshi maydonga tushadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar