Marselo Belsa: "Men Urugvay futboliga hech narsa qoldirmayapman"

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 08:24
  • 1378
  • 30

Marselo Belsa Urugvayning Jahon chempionatidan chiqib ketganidan so'ng terma jamoadagi faoliyatiga og'riqli yakun yasadi.

– Men Urugvay futboliga hech narsa qoldirmayapman. Hech narsa. Agar natija bo'lmasa, murabbiyning qo'shgan har qanday hissasi nolga tenglashadi.

Saralash bosqichidagi to'rtinchi o'rin befoyda bo'lib chiqdi. Amerika Kubogidagi uchinchi o'rin ham - xuddi shunday. Jahon chempionatidagi ishtirok haqida esa… bu yerda tushuntirishga hojat ham yo'q.

Avvalroq murabbiy va jamoaning yulduzli futbolchilari o'rtasidagi munosabatlar yomonlashgani haqida xabar berilgandi. Bugungi uchrashuvning 57-daqiqasida Federiko Valverde zaxiraga olinayotgan vaqtida libosi bilan og'zini yopgan holda murabbiyga nimadir dedi.

Eslatib o'tamiz, Urugvay terma jamoasi guruhda 2 ochko to'plagan holda pley-off yo'llanmasidan mahrum bo'lishdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar