
«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin JCH-2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Fransiya terma jamoasining Norvegiya ustidan qozonilgan g‘alabasidan (4:1) keyingi o‘yinini baholadi.
«Biz bu haqda o‘yindan oldin ham gapirgan edik — Norvegiya allaqachon pley-offdagi bo‘lajak o‘yin haqida o‘ylayotgan edi. Fransiya esa, ayniqsa hujumda, o‘z klassini to‘liq namoyish etdi. Norvegiyaliklar taslim bo‘lishmadi va bir nechta yaxshi vaziyatlar yaratishdi, ammo Fransiya terma jamoasining hujumkor futbolchilariga dosh bera olishmadi», — deya Kinning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlab, to‘qqiz ochko jamg‘ardi. Norvegiya guruhda ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi va u ham JCH-2026 pley-off bosqichiga yo‘l oldi.