Germaniya terma jamoasi jahon chempionati 1/16 pley-off bosqichidagi raqibini bilib oldi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 08:00
  • 379
  • 30

Jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi o‘yinlari yakunlangach, Germaniya terma jamoasining 1/16 finaldagi raqibi aniq bo‘ldi. Jamoa Paragvay terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. O‘yin 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:30 da boshlanadi.

Nemislar «E» guruhida 6 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olishdi. Germaniya terma jamoasi so‘nggi turda ekvadorliklarga mag‘lub bo‘lganiga qaramay, Kot-d'Ivuar, Ekvador va Kyurasaoni ortda qoldirdi.

Paragvay esa, o‘z navbatida, Turkiya, Avstraliya va AQSH terma jamoalari joy olgan «D» guruhida uchinchi bo‘lib marraga keldi. Paragvayliklar uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi jamoalar qatoridan joy olish uchun yetarlicha ochko to‘plashdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar