
Biroq Parij klubi portugaliyalik forvardning sotuvidan 50 mln evro ishlab olishni ko'zlamoqda. Bu haqda A Bola xabar bermoqda.
Yakunlangan mavsumda Ramush barcha turnirlarda 45 ta matchda ishtirok etib, 12 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Ramushning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 mln evroni tashkil etadi.