Opta JCH-2026da Mbappe va Xolandning ko‘rsatkichlarini taqqosladi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 20:22
  • 654
  • 30

26 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Fransiya terma jamoasi Norvegiya bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuvning bosh bezagi Kilian Mbappe va Erling Xoland to‘qnashuvi bo‘lishi kutilmoqda.

Opta ma’lumotlariga ko‘ra, turnirning dastlabki ikki o‘yinidan so‘ng har ikki superhujumchining statistikasi quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Gollar: Mbappe — 4, Xoland — 4

  • xG (kutilgan gollar): Mbappe — 1.99, Xoland — 2.68

  • Zarbalar: Mbappe — 12, Xoland — 10

  • Darvozaga aniq borgan zarbalar: har ikkisida 7 tadan

  • Raqib jarima maydonchasi ichida to‘pga teginish: Mbappe — 17, Xoland — 16

  • Aldamchi harakatlar (dribling): Mbappe — 14, Xoland — 1

Fransiya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da chalinadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar