
Bu kelishuv 2019 yilda "Inter" "Manchester Yunayted"dan Romelu Lukakuni 74 million evroga sotib olganidan beri A Seriyadagi eng qimmat transfer bo'ladi. "Rossonerilar” xuddi shu 2019 yilda Rafael Leau uchun "Lill"ga to'lagan 49,5 million evrodan ko'proq to'laydi.
Avvalroq Italiya klubi PSJga bonuslar bilan 45 million evro taklif qilgani xabar qilingandi. "Rossonerilar” bosh murabbiyi Ruben Amorim 25 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolashni va uning tengdoshi Santyago Ximenesni sotishni maqulladi.
"Milan" bir qator Yevropa top-klublari bilan Ramush uchun kurashda g'alaba qozondi va bunda klub egasi Jerri Kardinalening PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan munosabatlari muhim rol o'ynadi.
Muzokaralarni tezlashtirgan yana bir omil futbolchining "Manchester Yunayted" va "Sporting"ning sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim qo'l ostida o'ynash istagi bo'ldi.
Ramush Floridada JCH-2026 uchun Portugaliya terma jamoasi safida bo'lganida tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Ayni paytda portugaliyalik futbolchi turnirning faqat bitta uchrashuvida, aniqrog'i Kongo DRga qarshi o'yinda (1:1) maydonga tushdi.