
Bugun, 26 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati «I» guruhidan o‘rin olgan Senegal va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Jamoalar Torontodagi (Kanada) «Bi-Em-O Fild» stadionida maydonga tushishadi. Uchrashuvni Entoni Teylor (Angliya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:
Senegal: Dio, Nyakate, Sek, Yakobs, Diatta, Geye, Kamara, Diarra, Sarr, Mane, Mbaye.
Iroq: Basil, Xashem, Doski, Putros, Sulaka, Ikbal, Al-Ammari, Bayesh, Al-Xamadi, Kasem, Jasim.
Iroq terma jamoasi «I» guruhi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa o‘tkazilgan ikkita o‘yinda birorta ham ochko jamg‘ara olmadi. Senegal esa uchinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lib, ular ham hali ochko ishlab olishgani yo‘q. Birinchi o‘rinni Fransiya (6 ochko) egallab turibdi.