Portugaliya terma jamoasi vingeri: «Ronalduga qarammiz, deb o‘ylamayman»

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 20:11
  • 440
  • 30

Portugaliya terma jamoasi qanot hujumchisi Pedru Netu milliy jamoa uchun Krishtianu Ronalduning roli qanday ekanligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Netu «An-Nasr»ning yulduz forvardi portugaliyaliklar uchun juda muhim ekanligini, biroq jamoa o‘yini faqatgina uning atrofida qurilmaganini ta’kidladi.

«Unga butunlay suyanib qolganmiz, degan ibora juda balandparvoz eshitiladi. Bizning o‘z o‘yin sxemalarimiz va o‘z o‘yin uslubimiz bor. Krishtianuga qarammiz, deb o‘ylamayman, lekin, albatta, biz unga to‘liq ishonamiz», — deya Netuning so‘zlarini SportyTV nashri keltiradi.

41 yoshli Ronaldu ikkinchi tur doirasida O‘zbekiston darvozasiga dubl sodir etishga muvaffaq bo‘lgandi. Mundialdagi debyut o‘yinda esa Kongo DRga qarshi bahsda forvard maydonni golsiz tark etgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar