The Athletic: O'zbekistonning pley-offga chiqish imkoniyati – 1%

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 18:56
  • 299
  • 30

The Athletic nashri Jahon chempionati guruh bosqichida qaysi terma jamoalarning pley–off bosqichiga yo'l olishiga doir statistik taxminlarni e'lon qildi.

Ushbu ro'yxatda O'zbekiston milliy terma jamoasi joy olgan "K" guruhidagi holat ham batafsil tahlil qilingan.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, Portugaliya, Kolumbiya va DR Kongo jamoalari bilan bir kvartetda kurash olib boradigan vakillarimizning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlari hozircha guruhdagi eng past ko'rsatkichda baholanmoqda.

Vakillarimizning 1/16 final yo'llanmasini qo'lga kiritish ehtimoli bor-yo'g'i 1% deb baholangan.

Jamoamizning guruhda 3-o'rinni egallab, eng yaxshi natijaga ega uchinchi o'rin sohiblari qatorida pley–offga yo'l olish ehtimoli – 1%. Ammo 3-o'rinni egallasa-da, musobaqa bilan xayrlashish ehtimoli ancha yuqori – 31%.

Kompyuter tahlillari O'zbekistonning guruhda to'rtinchi o'rinni egallash ehtimolini eng yuqori – 69% darajasida taxmin qilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar