
Angliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Gari Nevill hujumchi Kilian Mbappe Fransiyaga JCH-2026 oltin medallarini taqdim etadi deb hisoblaydi.
«Albatta, hamma Ronaldu, Messi haqida gapirmoqda, lekin men bu Mbappening turniri deb o‘ylayman.
U Qatardagi so‘nggi finalda o‘zini o‘zgacha tarzda ko‘rsata oldi. So‘nggi yarim soat ichida nimalar sodir bo‘lgani haqida o‘ylab ko‘rsangiz, bu shunchaki aql bovar qilmas ish edi.
Men uning jahon chempionatida g‘olib chiqishiga ishonaman, chindan ham shunday o‘ylayman. Menimcha, u Fransiya uchun chempionlikni qo‘lga kiritadi», — dedi Nevill «The Overlap» podkastida.