Niderlandiya afsonasining o'g'li Marokash terma jamoasida o'ynashga qaror qildi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 16:56
  • 218
  • 30

Niderlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Robin van Persining o'g'li Shakil van Persi Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi.

Bu haqda ZoneFRMF xabar bermoqda.

"Feyenoord"ning 19 yoshli hujumchisi, bungacha Niderlandiya o'smirlar terma jamoasida o'ynagan bo'lsa-da, endi futbol fuqaroligini o'zgartirish niyatida ekanligini o'z atrofidagilarga ma'lum qilgan.

Robin van Persi avvalroq o'g'lining tanloviga ta’sir o'tkazmasligini va unga to'liq erkinlik berishini ommaviy ravishda takidlagan edi. Shakilning onasi Buxra marokashlik ildizlarga ega.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar