
"Real" futbolchini 9 mln evroga qayta sotib olish opciyasini faollashtirganidan so'ng, Italiya klubi 21 yoshli argentinalikni 60 mln evroga sotib oladi.
Pasning o'zi Italiyada qolishni istagan va klublar uning xohishini inobatga olishgan. "Real" futbolchini sotishga rozi bo'ldi, biroq muhim shart bilan: Madrid klubi o'zida qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi. Madridliklar bitimga 80 mln evro evaziga qayta sotib olish bo'yicha yangi opciyani kiritishdi.
"Komo" Pasni "Real"dan 60 mln evroga sotib olish opciyasini rasman faollashtiradi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.