Kuman: "Bu Marokashga qarshi o‘yinda Niderlandiyaning muammosiga aylanishi mumkin"

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 09:33
  • 42
  • 30

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Niderlandiya terma jamoasi Tunis milliy terma jamoasi ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuv haqida "apelsinranglilar" ustozi Ronald Kuman o‘z fikrini bildirdi.

"Biz kvartetda birinchi o‘rinni egalladik, men bu natijadan qoniqdim. Ammo o‘yin davomida jamoaning bo‘shashib ketgani menga yoqmadi. Biz tez fursatda 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimiz futbolchilarga ta’sir qildi. Bunday munosabat Marokashga qarshi o‘yinda muammoga aylanishi mumkin. Bu juda yaxshi hujum chizig‘iga ega jamoa", — deya Kumanning so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati Shimoliy Amerikada 11 iyundan 19 iyulga qadar bo‘lib o‘tmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar