Yaponiya darvozaboni: "Braziliyaga qarshi o‘yin oldidan mag‘lubiyatsiz seriyamizni saqlab qolganimizdan xursandmiz"

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 09:33
  • 244
  • 30

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi uchinchi turidan o‘rin olgan bahsda Yaponiya terma jamoasi Shvesiya milliy terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Ushbu natija haqida osiyoliklar darvozaboni Zion Sudzuki o‘z fikrini bildirdi.

"Tanaffusgacha shiddatli o‘yin bo‘ldi. Keyin biz hisobda oldinga chiqib oldik, biroq raqib tashabbusni o‘z qo‘liga olishni uddaladi. Eng muhimi, biz o‘z maqsadimizga erishdik: bir ochko jamg‘arib, keyingi bosqichga yo‘l oldik. Jamoamiz braziliyaliklarga qarshi uchrashuv oldidan mag‘lubiyatsiz seriyasini saqlab qolgani juda quvonarli", — deya futbolchining so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.

Yaponiya ikkinchi o‘rin bilan mundialning pley-off bosqichiga yo‘l oldi va u yerda Braziliya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar