
Arda Gyuler Madridning «Real» klubi vakillari tomonidan Jahon chempionati — 2026da kiritilgan o‘ninchi golga mualliflik qildi.
21 yoshli yarim himoyachi Turkiya terma jamoasining AQSHga qarshi kechgan va turklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar»ning amaldagi futbolchilari hisobida ushbu mundialda allaqachon o‘nta gol mavjud — bu barcha klublar o‘rtasida katta farq bilan eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Ikkinchi o‘rinni vakillari oltitadan gol urgan «PSJ», «Kristal Pelas» va «Sanderlend» klublari bo‘lishib turibdi.
«Real» futbolchilaridan, yuqorida nomi tilga olingan Gyulerdan tashqari, JCH-2026da raqiblar darvozasini Vinisius Junior, Kilian Mbappe (ikkalasida ham to‘rttadan gol) va Jud Bellingem (bitta gol) ishg‘ol qilishga ulgurdi.