
Turkiya terma jamoasi yulduzi Arda Gyuler jahon chempionati – 2026dan chiqib ketganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Jamoa uch ochko bilan o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni oldi.
«Men yomon turnir o‘tkazdim. Terma jamoadan hech kim yaxshi futbol ko‘rsata olmadi. Bizni tanqid qilayotganlar haq. Jamoa yomon o‘ynadi va mundialdan chiqib ketdi. Umid qilamizki, kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaymiz», — deya yarim himoyachining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda «The Touchline» nashri yetkazadi.
Nufuzli turnirdagi so‘nggi o‘yinda Turkiya terma jamoasi AQSHni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Gyuler gollardan biriga mualliflik qildi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.