«Ronalduga qarshi o‘ynash — bu bir umrlik orzu» — Vitaliy Denisov

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 16:00
  • 259
  • 30

AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tayotgan JCH-2026 turnirining guruh bosqichi 2-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisi Vitaliy Denisov ushbu uchrashuv hamda Krishtianu Ronalduning harakatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Televizor orqali o‘yinlarini tomosha qilib, unga qarshi yashil maydonda to‘p surishni orzu qilgan yosh futbolchilarimiz uchun bu unutilmas voqea bo‘ldi. Ronaldu — futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biri. U guruhimizdagi o‘yinda ham o‘z so‘zini ayta olishini, har qanday vaziyatda o‘yin taqdirini hal qila oladigan darajada xavfli ekanini yana bir bor isbotladi. Uning maydonda borligining o‘zi Portugaliya termasiga qo‘shimcha ishonch bag‘ishlaydi”, deydi Vitaliy Denisov.

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokiga to‘xtalar ekan, Denisov grand jamoalarga qarshi o‘yinlardagi tezlik va bosim kelajakda futbolchilarning o‘sishiga xizmat qilishini bildirdi:

“Mundialda oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Portugaliya kabi grand jamoalarga qarshi o‘ynash yigitlarimiz uchun katta dars. To‘g‘ri, natija biz kutgandek bo‘lmadi, ammo jahon darajasidagi tezlik va bosimni his qilish kelajakda terma jamoaning o‘sishiga xizmat qiladi. Eng muhimi — ruhan sinib qolmaslik va navbatdagi hal qiluvchi uchrashuvlarga munosib tayyorgarlik ko‘rish”, dedi O‘zbekiston terma jamoasining sobiq a’zosi.

Ma’lumot uchun, K guruhida Kolumbiya 6 ochko bilan birinchi, Portugaliya 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kongo hisobida 1 ochko mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston o‘tkazilgan ikki turdan so‘ng ochko jamg‘armagan. 3-tur doirasidagi Kongo hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 28-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 04:30 da Atlanta shahridagi “Mercedes-Benz” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar