Gyuler Turkiya terma jamoasining JCH-2026 dagi muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 16:08
  • 122
  • 30

Turkiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Arda Gyuler milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokiga izoh berdi.

D guruhidagi uchta turdan so'ng "oy-yulduzlilar" uch ochko jamg'arib, oxirgi o'rinni egallashdi. 3-turda Turkiya AQSHni 3:2 hisobida mag'lub etgan edi.

"Men yomon o'ynadim. Hech birimiz yaxshi o'ynamadik. Tanqidchilar nima deyishmasin, ular haq. Biz yomon o'ynadik va turnirni tark etdik. Umid qilamanki, bundan buyon buni to'g'irlay olamiz. AQSH bilan o'yin oldidan menda ruhiyat tushib ketganini aytishayotgandi. Men tanqidga ochiqman. Barcha tanqidlar adolatli", - deya Gyulerning so'zlarini iqtibos keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi The Touchline akkaunti.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar