Ferdinand Martinesga Ronaldu bilan qanday gaplashish bo‘yicha maslahat berdi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 15:22
  • 17
  • 30

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu bilan gaplashib, futbolchining o‘yin vaqti bo‘yicha o‘z pozisiyasini unga yetkazishi lozim. Bunday fikrni «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi va Ronalduning sobiq jamoadoshi Rio Ferdinand bildirdi.

Uning fikricha, Ronaldu O‘zbekiston bilan o‘yinni to‘liq maydonda o‘tkazmasligi kerak edi, biroq oldindan kelishuvsiz uni almashtirish xavfli.

«Agar unga: Quloq sol, biz uzoq davom etadigan turnir haqida gapiryapmiz. Oltinchi o‘yinga kelib sog‘lom va yaxshi sport formasida bo‘lishing zarur... deyilsa, unda bu ish berishi kerak», — deya Ferdinandning so‘zlarini «The Athletic» nashri keltiradi.

O‘zbekiston bilan bahsda Ronaldu dubl qayd etdi. Portugaliyaliklar pley-off bosqichi yo‘llanmasini naqd qilib bo‘lishgan va guruh bosqichining so‘nggi turida Kolumbiya bilan guruhdagi birinchi o‘rinni o‘zaro hal qilishadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar