Renar: "Tunis terma jamoasi Jahon chempionati darajasiga mos emas edi"

  • Mr.NoBoDy 26.06.2026 09:44
  • 45
  • 30

Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichining so‘nggi uchrashuvida Tunis terma jamoasi Niderlandiya milliy terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hakamning yakuniy hushtagi chalingandan so‘ng, afrikaliklar ustozi Erve Renar jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

"Jamoamiz bunday turnir darajasiga javob bera olmadi. Buni hatto muhokama qilmasa ham bo‘ladi. Bizga ajoyib raqiblardan iborat juda kuchli guruh tushgan edi. Men futbolchilar bilan gaplashdim va ishtirok uchun ularga minnatdorchilik bildirdim. Bunday ruhiy holatda o‘yin ko‘rsatish juda qiyin", — deya mutaxassisning so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.

Tunis terma jamoasi uchta mag‘lubiyatni qabul qilib oldi va Shimoliy Amerika mezbonlik qilayotgan mundialni tark etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar