
Shvesiya terma jamoasi vingeri Entoni Elanga Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi doirasida Yaponiya terma jamoasiga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu uchrashuvda raqiblar 1:1 hisobida durang o‘ynashdi.
"Men bu o‘yinda gol urishga qattiq bel bog‘lagan edim. Jamoamiz bilan faxrlanaman, ayniqsa darvozabonimiz Zetterstryomning o‘yinini alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Yakob o‘zini ko‘rsata oldi", — deya futbolchining so‘zlarini FIFA matbuot xizmati keltiradi.
Shvesiya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘ardi va Jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Ushbu kvartetda Niderlandiya milliy terma jamoasi birinchi o‘rin bilan marraga erishdi, Yaponiya esa ikkinchi bo‘ldi. Barcha o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchragan Tunis so‘nggi o‘rinni egalladi.