"Real" Niko Pasni qayta sotib oladi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 20:56
  • 801
  • 30

"Real" klubi Niko Pasni "Komo"dan qayta o'z safiga qaytaradi.

Insayder Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, "Real" italiyaliklar klubiga 21 yoshli yarim himoyachini 9 million evroga qaytarib sotib olish bandini faollashtirishi haqida rasman xabar bergan.

Dushanbaga qadar "Komo" klubida futbolchini 60 million evroga o'z safida saqlab qolish huquqi mavjud. Agar A Seriyasi vakili bu imkoniyatdan foydalanmasa, "Real" yarim himoyachini boshqa klublarga undan ham yuqori narxda sotishi mumkin.

Argentinalik futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsumida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar