
Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Fransiya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv (26 iyun) kuchli chaqmoq va momaqaldiroq tufayli qoldirilish xavfi ostida turibdi. O‘yin Foksboro shahridagi "Jillett" stadionida bo‘lib o‘tishi kerak.
Le Parisen xabariga ko‘ra, AQSH meteorologiya xizmati shu juma kuni uchrashuv o‘tkaziladigan hududda "potensial xavfli chaqmoq va momaqaldiroq" to‘lqini yaqinlashayotganidan ogohlantirgan. Amaldagi protokolga ko‘ra, o‘yin to‘xtatilishi yoki qoldirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Fransiya va Iroq terma jamoalari o‘rtasida Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv ham noqulay ob-havo tufayli bir necha soatga kechiktirilgan edi. JCH-2026 bahslari 11 iyun kuni boshlangan bo‘lib, 19 iyulga qadar davom etadi.