Anchelotti Neymarning JCH-2026 dagi debyutiga munosabat bildirdi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2026 16:56
  • 1240
  • 30

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "pentakampeonlar" vingeri Neymarning joriy jahon chempionatida Shotlandiya milliy terma jamoasiga qarshi o'yindagi debyuti haqida fikr bildirdi.

"Neymar o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi, chunki u bunga loyiq edi. U juda ko'p mehnat qildi va sog'lig'ini tiklash uchun mashg'ulotlarda katta professionallik ko'rsatdi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi "Sabah Spor" nashri X ijtimoiy tarmog'ida.

Braziliya guruhdan birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi. Besh karra jahon chempionlari hisobida uchta o'yindan so'ng etti ochko bor. Marokash ham o'z hisobida etti ochkoga ega, biroq to'plar nisbatiga ko'ra braziliyaliklarga imkoniyatni boy bermoqda. Uchinchi o'rinni uch ochko bilan Shotlandiya egalladi. Stiv Klark shogirdlarida hali ham pley-offga chiqish imkoniyati mavjud. Gaiti terma jamoasi esa ochko ololmay, kvartetni yakunlab berdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar